“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasining aʼzosi «Doʻstlik» ordeni bilan taqdirlandi

2022-08-23 19:07:41

 

Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi, unga koʻra "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi aʼzosi Jizzax viloyati Jizzax shahridagi «Al-Abbos silk» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Babayeva Xolisxon Nazirjonovna «Doʻstlik» ordeni bilan taqdirlandi.

 

Shu munosabat bilan, "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi, Respublikadagi ipakchilik tarmogʻida faoliyat olib borayotgan jamoalar va pillakorlar nomidan Babayeva Xolisxon Nazirjonovnani tabriklaymiz hamda ularning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati