“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Akkreditatsiya tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditasiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 243-son qaroriga asosan Agentlik tomonidan muxbirlarni akkreditasiya qilish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida o‘z muxbirlarini akkreditasiyadan o‘tkazish istagida bo‘lgan OAV mazkur Qarorda belgilangan tartibdagi tegishli buyurtmani hamda unga

  • ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
  • ixtisoslashuvi;
  • tarqalish hududi;
  • elektron pochta manzili;
  • tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
  • akkreditasiyaga taqdim etilgan muxbirlarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
  • kasb vazifalarini bajarish uchun muxbirlar o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan texnik jihozlar, muxbirlarning xizmat mavqei, pasporti, diplomi nusxalari, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosuratni ilova qilgan holda ma'lumot taqdim etishi so‘raladi.

Yuborilgan so‘rov tashkil etilgan Akkreditasiya komissiyasining ekspert guruhi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI HUZURIDA AKKREDITASIYA QILISh TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

Akkreditasiya.pdf