“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Respublikada pillachilik tarmog‘idagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Respublikada pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, intensiv tutzorlar barpo etish, pillachilik tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish hisobiga ipak mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda mavjud tutzorlarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlarni qurish, fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga tut ko‘chatlari ekishni ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni yanada jadal davom ettirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Pillachilik tarmog‘i korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish, sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish, tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ni pilla boqish ishlariga kasanachilik asosida jalb etish va ularni rag‘batlantirish hisobiga qishloq aholisini, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash maqsadida:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2856-son qarorining bajarilishi bo‘yicha quyidagilar amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

birinchidan, mavjud 43,4 ming gektar tutzorlar va 44 mln. tup yakka tut qatorlari uyushma tizimidagi korxonalarga biriktirib berilganligi va yangidan 2 270 gektar tut plantatsiyasi, shundan 400 gektar maydonda intensiv tutzorlar barpo etilganligi;

ikkinchidan, 2018-yilda 18 ming tonna pilla yetishtirilishi (2017-yilga nisbatan 144,0 foiz) va 60 mln. AQSh dollardan ortiq ipak mahsulotlarini eksportga chiqarilishi;

uchinchidan, pillachilik tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish hisobiga 2018-yilda 50 mln. AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritilishi;

to‘rtinchidan, pillachilik sohasida 14 ming 452 ta doimiy va 410 ming 793 ta mavsumiy ish o‘rinlari tashkil etilganligi;

beshinchidan, pillachilik sohasida Xitoy, Eron, Vyetnam, Hindiston, Koreya, Birlashgan Arab Amirligi, Turkiya, Avstriya, Vengriya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Bolgariya, AQSh, Singapur, Pokiston va Qirg‘iziston davlatlari bilan xalqaro hamkorlik o‘rnatilganligi.

  1. Quyidagilar:

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining pillachilik tarmog‘ida 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi;

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining pillachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida fermer xo‘jaliklari yer uchastkalarining dala chetlarida tut ko‘chatlari ekishni jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi taklifi;

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining respublika hududlarida qishloq aholisini, ayniqsa xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ularning daromadlarini oshirish maqsadida pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga 50 boshdan 90 kunlik parranda va tut ko‘chatlarini shartnoma asosida bepul yetkazib berish to‘g‘risidagi takliflari;

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining uyushma huzurida “Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish o‘quv-ishlab chiqarish markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi;

Namangan viloyati hokimligining pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan 2019-2020-yillarda jami 3000 gektar, shu jumladan, Chortoq tumanida 1000 gektar, To‘raqo‘rg‘on tumanida 500 gektar, Chust tumanida 500 gektar, Namangan tumanida 400 gektar, Kosonsoy tumanida 300 gektar va Yangiqo‘rg‘on tumanida 300 gektar maydonda yangi tutzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi ajratish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi;

Surxondaryo viloyati hokimligining pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan 2019-yilda jami 1000 gektar, shu jumladan, Sho‘rchi tumanida 150 gektar, Denov tumanida 50 gektar, Uzun tumanida 400 gektar (jumladan Bobotog‘ massivida 250 gektar), Sariosiyo tumanida 50 gektar, Qumqo‘rg‘on tumanida 200 gektar va Oltinsoy tumanida 150 gektar maydonda yangi tutzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi ajratish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

  1. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda pillachilik tarmog‘ida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, shu jumladan tutzorlarni kengaytirish, tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ning qo‘shimcha daromadlarini oshirish va ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Dasturda quyidagilar nazarda tutilsin:

pillachilik tarmog‘i korxonalariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, yangi tutzorlar barpo etish va ular negizida ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar qurish;

qo‘shimcha daromad olishni ko‘paytirish maqsadida tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari) bilan tut ko‘chati ekish, pilla yetishtirish, parranda boqish bo‘yicha shartnomalar tuzishni tashkil etish;

tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga tut ko‘chatlari, asbob-uskunalar va 50 boshdan 90 kunlik parrandalarni shartnoma asosida bepul yetkazib berish hamda shartnomalarning bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish;

tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga tut ko‘chatlari, asbob-uskunalar va parrandalar yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish va uni qoplash tizimini joriy etish;

pillachilik sohasida doimiy va mavsumiy ish bilan band bo‘lganlar sonini uch yilda bir million kishiga yetkazish.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzuridagi Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish o‘quv-ishlab chiqarish markazi bilan shartnoma asosida uy sharoitida pilla xomashyosini qayta ishlash, xom ipak va tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan to‘liq bir mavsum ishlangan davrlarini ularga pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
  2. Belgilab qo‘yilsinki:

uy sharoitida pilla xomashyosini qayta ishlash, xom ipak va tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzurida tashkil etilayotgan Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish o‘quv-ishlab chiqarish markazi a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmonining 3, 12, 13 va 16-bandlarida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi;

pilla yetishtirishda foydalaniladigan sun’iy dasta va boshqa zarur jihozlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida polietilen xomashyosi 2018-yil 1-sentabrdan boshlab dastlabki uch yil davomida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga polietilen ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ulgurji sotish narxlarida sotiladi;

respublika hududlarida pillachilik sohasidagi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish qat’iy tartibda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

  1. Innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini pilla yetishtirish va uni qayta ishlash tarmog‘iga yo‘naltirish samaradorligini oshirish, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb etish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisining Qayta ishlash, investitsiya va innovatsiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi buyurtmanomasiga binoan, pillachilik tarmog‘ini rivojlantirishni targ‘ib etuvchi tashqi reklamalarni markaziy ko‘chalar, aholi gavjum joylarga hamda yo‘l bo‘ylaridagi maxsus joylarda belgilangan tartibda beg‘araz joylashtirsin.
  2. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
  4. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 20-avgust,

PQ-3910-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3910-son qaroriga
1-ILOVA

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining pillachilik tarmog‘ida amalga oshiriladigan yangi loyihalar

RO‘YXATI

 

T/r

T/r

Investitsiya loyihalari nomi

Loyiha amalga oshiriladigan hudud

Loyihaning umumiy qiymati
(mln. AQSh dollari)

Tashkil etiladigan ish o‘rinlari, nafar

doimiy

mavsumiy

Pillani qayta ishlash bo‘yicha

1.

1.

Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ellikqal’a tumani

5,0

175

5000

2.

2.

Tut bargidan shifobaxsh tut choyi ishlab chiqarishni tashkil etish

Buxoro viloyati

G‘ijduvon tumani

2,0

50

1500

3.

3.

Pillachilik tarmog‘ida to‘liq ishlab chiqarish zanjiriga ega yirik sanoat parkini tashkil etish

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

32,0

450

8000

4.

4.

Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

Namangan viloyati

Chortoq tumani

5,0

186

7000

5.

5.

Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

Namangan viloyati

Namangan tumani

5,0

280

7000

6.

6.

Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

Namangan viloyati

To‘raqo‘rg‘on tumani

5,0

280

7000

7.

7.

Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

Surxondaryo viloyati

Denov tumani

5,0

175

7500

Jami

59,0

1596

43000

Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish bo‘yicha

8.

1.

Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish

Namangan viloyati

Chortoq tumani

2,0

50

250

9.

2.

Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish

Navoiy viloyati

Karmana tumani

2,0

65

300

10.

3.

Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish

Qashqadaryo viloyati

Shahrisabz tumani

2,0

50

250

11.

4.

Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

2,0

50

250

Jami

8,0

215

1050

Ipakchilik tarmog‘ida turizmni rivojlantirish bo‘yicha

12.

1.

Turizmni rivojlantirish maqsadida hunarmandlar etnik qishloqchasini tashkil etish

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

5,0

100

Jami

5,0

100

0

Hammasi

72,0

1911

44050

Oldingi tahrirga qarang.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3910-son qaroriga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

o‘zgartirish va qo‘shimchalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnidan “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva” bloki chiqarib tashlansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qarorining rus tilidagi matnida:
  3. a) 1-ilovaning “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva (1)**” bloki “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva” bloki bilan almashtirilsin;
  4. b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Odobrit organizatsionnuyu strukturu Assotsiatsii “Uzbekipaksanoat” i tipovuyu strukturu regionalnix obщestv “Ipaksanoat” soglasno prilojeniyam №№ 1, 3.”

  1. v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2018-y., 07/18/3910/1777-son; 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)