“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Rais:

ipaksanoat

Olimjon sadullayevich

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasining Boshqaruv raisi

+998 71 267 23 63
Funksiyalari va vazifalari
Uyushma boshqaruv Raisi va uning oʼrinbosarlari uyushma aʼzolarining umumiy yigʼilishi tomonidan tayinlanadi: Uyushma faoliyati va uning ijroiya organi faoliyatiga rahbarlik qiladi, yuklatilgan vazifalarni bajarish va mazkur Ustavga rioya qilinishi uchun shaxsan javobgardir, oʼrinbosarlar oʼrtasida vazifalarni taqsimlaydi. Uyushma faoliyatiga taʼlluqli masalalarni hal qilishda ularning vakolartlarini belgilaydi: Ijroiya organi tuzilmasiga oʼzgartirishlar kiritadi, oʼz vakolati doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan buyruqlar, farmoyishlar, yoʼriqnomalar va boshqa hujjatlar chiqaradi: Respublika qonunchiligi va meʼyoriy aktlarining, uyushma aʼzolari yigʼilishi qarorlarining va oʼz boʼyruqlarining bajarilishini nazorat qilishni taʼminlaydi: Respublika va xorijiy davlatlarning istalgan yuridik va jismoniy shaxslari bilan munosabatlarda uyushma nomidan ishonchnomasiz ish koʼradi va uning nomidan bitimlar, shartnomalar tuzishiga ishonch qogʼozlarini beradi: Uyushma xodimlari shtat jadvalini, uning tarkibiy boʼlinmalari haqidagi nizomlarni xodimlarni mukofotlash va Uyushmaning barcha tizimlari haqidagi Nizomlarni tasdiqlaydi: Uyushma hodimlarini lavozimiga tayinlaydi va ozod etadi, mansab maoshlarini va unga qoʼshimcha haqini belgilaydi, xodimlarni ragʼbatlantiradi va ularga nisbatan jazo choralar qoʼllaydi: Boshqaruv raisining qarori uyushmaning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi shartdir: Ishonchnomalar beradi, pul mablagʼlari va moddiy boyliklar olish uchun hisob-kitoblarni va toʼlov hujjatlarini imzolaydi: Banklarda Uyushma hisob raqamlarini ochadi: Qonunchilikda belgilangan boshqa vazifalarni bajaradi.