“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2024-01-27 18:03:15

 

 

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasida qo'mita raisi I.Ergashev "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi O.Jumayev bilan birgalikda Xitoyning Chunsin shahridagi “Chongqing Sunfeel Intelligent Technology Co., Ltd” kompaniyasi ta’sischisi Chj. Yunchjun bilan Qashqadaryoda ipakchilik kompleksi tashkil qilish loyihasi muhokama qilindi.

Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. 2024-yilda 500 gektarda yomg‘irlatib sug‘orish hisobiga tut plantatsiyalari yaratish, yiliga 1000 tonna ho‘l pillani quritish, qayta ishlash, undan mato va tayyor mahsulot (kiyim-kechak, gazlama va boshqalar) ishlab chiqarish obyekti qurilishi rejalashtirilmoqda.