“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Namanganda uchinchi mavsumning o‘zida 7 mingdan ortiq kasanachi pilla yetishtirmoqda

2022-03-29 17:09:56

Namanganda uchinchi mavsumning o‘zida 7 mingdan ortiq kasanachi pilla yetishtirmoqda
Namangan viloyatida ipak qurti parvarishining uchinchi mavsumida 7 mingdan ziyod kasanachilar takroriy pilla yetishtirish jarayonlarida mehnat qilmoqda.

 

 

Viloyatda uchinchi mavsum uchun 3 360 quti ipak qurti urug‘i jonlantirilib, parvarishlandi. Bugungi kunda ular tomonidan yetishtirilgan pilla xomashyosi yig‘ib olinmoqda. Mavsum yakunida pillakorlar tomonidan 134 tonna pilla xirmoni bunyod etilishi kutilayapti.

 

 

Viloyatdagi pillachilik klasterlari tomonidan kasanachilarga har 1 kg pilla uchun 22 400 so‘mdan ish haqi tarozining ustida to‘lab beriladi.

 

 

Bundan tashqari pilla yetishtirishning to‘rtinchi mavsumi uchun ipak qurti urug‘lari shartnomalar asosida kasanachilarga tarqatib berildi.

 

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi
Matbuot xizmati