“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Andijon "Guang Tong" MChJ (urug‘chilik korxonasi)

Andijon "Guang Tong" MChJ (urug‘chilik korxonasi) xorijiy korxonasi 2019 - yil 16 - dekabrda davlat ro‘yhatidan o‘tib Xo‘jaobod tumani "Bobur" MFYda faoliyatini yuritib kelmoqda. Korxonaga jalb etiladigan investitsiya qiymati 1,000,000 AQSh dollari deb belgilangan bo‘lib, bugungi kungacha 61% kiritildi. Kiritilayotgan investitsiya loyihasining moliyaviy manbaasi to‘liq xorijiy ta’sischi tomonidan kiritilgan.

Korxonada reja bo‘yicha 40 nafar doimiy va mavsumiy 100 nafar ishchi o‘rinlari yaratilishi lozim edi, 2020 - yilgi mavsumda 14 nafar fuqaro doimiy ish joyi bilan va 400 nafar fuqaro mavsumiy ish o‘rni bilan ta’minlandi. Ishlab chiqarish quvvati reja bo‘yicha 25,000 quti etib belgilangan bo‘lib, bu yilda 12,600 quti ipak qurti urug‘i tayyorlandi. Investitsion loyiha bo‘yicha korxonada hozirgi kunda binolarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.