“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

"Asaka Silk Worm" ma’suliyati cheklangan jamiyati (urug‘chilik korxonasi)

"Asaka Silk Worm" ma’suliyati cheklangan jamiyati (urug‘chilik korxonasi) 2019 - yil 27 - avgust kuni Andijon viloyati Asaka tumani N.Nazarov ko‘chasi, 21 - uyda "Ipak qurti urug‘i" yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘z ish faoliyatini boshlagan. Jamiyatning 2020-2021 yillar uchun investitsiya loyihasi 2 million AQSh dollari bo‘lib buni shakllantirish manbai 1 million AQSh dollari MChJ ning o‘z mablag‘lari hisobidan, 0.5 million dollari xorijiy investor xisobidan va qolgan 0,5 million AQSh dollari bank krediti xisobidan shakllantirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda jamiyat o‘z mablag‘lari xisobidan 0.9 million AQSh dollarida investitsiya kiritib qurilish montaj ishlarini olib bormoqda. Korxonaga 2020-yilda 20 ming quti ipak qurti urug‘i yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni bajarish uchun 2020-yil bahorgi qurt boqish mavsumida Xitoy davlatidan 200 quti super elita urug‘lari olib kelib korxonaga biriktirib berilgan. Baliqchi va Oltinko‘l tumanidagi massivlarida boqib, 13 ming quti ipak qurti urug‘i tayyorlandi. Shundan, joriy yil 3-4-mavsumlarda 2 ming quti ipak qurti urug‘i boqildi. Qolgan 11 ming quti ipak qurti urug‘i 2021-yil bahor mavsumida boqiladi.