“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Mavsumoldi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

2022-03-29 18:37:47

Mavsumoldi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi
 
 
 
2022 yil 18 mart kuni “Sirdaryo agro pilla” MChJ tomonidan viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi majlislar zalida, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari S.Tadbijoev, Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi-katta ilmiy xodim S.Valiev, viloyat Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sultonov, “Sirdaryo agro pilla” MChJ direktori V.Obidjonov, tuman “Agropilla” MChJlari raxbarlari, hududlarga biriktirilgan pillachilik agronomlari, ipak qurti ochiruvchi inkubistlar, oilaviy pudrat asosida tutzorlarga biriktirilgan fuqarolar ishtirokida 2022 yil hosili Ipak qurtini parvarishlash mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish barobarida tumanlarda tashkil qilingan ipak qurti ochiruvchi inkubatoriyalarni mavsumga tayyorlash, pillachilik agronomlarini ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish hamda jonlangan ipak qurtlarini o‘z vaqtida zvenolarga tarqalishini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Seminar-yig‘ilishida viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari S.Tadbijoev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga pillachilik sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, prezidentimiz va xukumatimiz tomonidan soha rivoji uchun qabul qilinayotgan qarorlar va ularni ijro yuzasidan tushunchalar berdi.
 
Viloyat Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sultonov so‘zga chiqib, mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish, hamda amalga orishiriladigan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
 
“Sirdaryo agro pilla” MChJ direktori V.Obidjonov so‘zga chiqib, mavsumiy agronomlar tomonidan olib borilishi zarur bo‘lgan ishlar, xizmat vazifalari shuningdek inkubistlarning ish faoliyatini tashkil etish yuzasidan tushuntirishlar olib bordi.
 
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi-katta ilmiy xodim S.Valiev so‘zga chiqib ipak qurti ozuqa bazasini mustaxkamlash, tutzorlar barpo etishning samarali usullari, tut ko‘chatlarini ekish agrotexnikasi, parvarishlash va sifatli tut bargi yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali materiallari bilan, shuningdek inkubatoriyalarga urug‘ qo‘yish vaqtining afzalliklari, inkubatoryani tayyorlashdan tortib zvenolarga tarqatishgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha tavsiya va ko‘rgazmati materiaalar orqali tushunchalar berdi.