“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Buxoroda ham pilla yig‘im-terimi davom etmoqda

2022-03-29 17:11:56

Buxoroda ham pilla yig‘im-terimi davom etmoqda

Buxoro viloyatida ham ipak qurti parvarishining uchinchi mavsumida yetishtirilgan pilla hosili yig‘ib olinmoqda.

10 mingga yaqin kasanachilar mehnati evaziga 4 200 quti ipak qurti parvarishlandi. Mehnatkash pillakorlarimiz ushbu mavsumda har bir quti urug‘dan o‘rtacha 40 kg pilla hosili terib olmoqda.

Mavsumlar yakunida viloyat pillakorlari tomonidan 168 tonnadan ziyod pilla xomashyosi yig‘ib olinishi reja qilingan.

Viloyatdagi pillachilik klasterlari tomonidan kasanachilarga har 1 kg pilla uchun 22 400 so‘mdan ish haqi tarozining ustida to‘lab berilayapti.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi
Matbuot xizmati