Bugun Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi raisi vyetnamlik investor "Ming Sang Co Ltd" kompaniyasi rahbari Mister Doanni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xususan ipak mahsulotlarini Vyetnam davlatiga eksport qilish yuzasidan kelishib olindi.
Xabar berganimizdek, vyetnamlik delegatsiya vakillari hududlarda joylashgan ipakchilik korxonalarida bo'lib, ishlab chiqarish jarayonlari, ipak mahsulotlari sifati bilan tanishdilar.