“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Ikki tomonlama hamkorlik mustahkamlanmoqda

2023-07-20 08:43:11

 

 

Kuni kecha Belarusiya Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi jazoni ijro etish departamenti vakillaridan iborat delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

 

Mazkur tashrif munosabati bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida maxsus koʻrgazma tashkil etildi. Ushbu koʻrgazmada "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi vakillari ham oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

 

Taʼkidlash joizki joriy yilning 24-fevral sanasida imzolangan PQ-73-sonli (https://lex.uz/uz/docs/6390423) "Ipakchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorning 12-bandida jazoni ijro etish muassasalari bilan ipakchilik tarmogʻida keng hamkorlikni yoʻlga qoʻyish vazifasi belgilangan.

 

Mazkur qaror asosida Respublika bo‘ylab jazoni ijro etish muassasalari hamda "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda.

 

Bundan maqsad ipakchilik tarmogʻida qoʻshimcha ishchi oʻrinlarini yaratish hamda jazo muddatini ado etayotgan mahkumlarni hunarga o'rgatishdan iboratdir.