Ozarbayjon Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning o‘n ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Ozarbayjonda ipakchilikni rivojlantirishda o‘zbek modeli keng joriy qilinayotganligi eʼtirof etildi.
Xususan, Ozarbayjonning Barda tumanida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi ko‘magi bilan “Az Silk” Ozarbayjon - O‘zbekiston qo‘shma korxonasi, jumladan, barcha qulayliklarga ega, zamonaviy pillani qayta ishlash korxonasining barpo etilgani do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashi qayd etildi.
Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, Hukumatlaro qo‘shma yig‘ilish hamraisi M.Jabborov O‘zbekistonlik yig‘ilish ishtirokchilariga, xususan, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi vakillariga minnatdorchilik bildirdi.