“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

"KHIVA SILK FABRIC" ipakni qayta ishlash korxonasi

Xiva shahar «Khiva Silk Fabric» mas’uliyati cheklangan jamiyati 2017 yil 12 noyabrda davlat ro'yxatidan o‘tkazilgan. «Khiva Silk Fabric» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yagona texnologik zanjir asosida pillani qayta ishlash va ipak tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.

Yani:

- Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun infratuzilmani barpo etish;

- Pilla yetishtirish quritish va birlamchi qayta ishlash tizimini rivojlantirish doirasida zamonaviy texnologik liniyalarni o‘rnatish;

- Ilg‘or usullarda yangi tut plantatsiyalarini barpo etish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilish:

- Korxona bilan o‘zaro xamkorlikda faoliyat yurituvchi xo‘jaliklarda yakka tut qatorlarini tiklash va ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish;

- Ixtisoslashgan qurt boqish maskanlarini barpo etish va ularda pilla xom ashyosi etishtirish;

- Ipak tolani birlamchi qayta ishlash va yigirishni yo‘lga qo‘yish;

- Ipak momig‘i (vata) ishlab chiqarishni tashkil etish;

- Ipak tolasidan tayyor mato ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

«Khiva Silk Fabric» mas’uliyati cheklangan jamiyatimizga pilla yetishtirib berish Gurlan, Shovot, Qo‘shko‘pir, Xiva tumanlari biriktirilgan. «Khiva Silk Fabric» mas’uliyati cheklangan jamiyatining pillani qayta ishlash va ipak tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish loyixasini amalga oshirishning bosqichma-bosqich maqsadli 2018-2021 yillar rejasiga asosan loyiha qiymati 5,0 million AQSh dollariga teng investitsiya loyiha dasturi kiritildi.

2018 yilda investitsiya loyihasi dasturi bo‘yicha 200 ming AQSh dollar ekvivaletida bino inshootlar qurilishini amalga oshirdi. Xitoy davlatidan 270 ming AQSh dollarga teng yillik quvvati 144 tonna quruq pillani qayta ishlashga moslashtirilgan 2 ta pillani yigirish uskunasi va qoldiq pillani qayta ishlab ipak momig‘i chiqaradigan 4 ta uskunalar olib kelib o‘rnatildi. Gurlan, Shovot, Qo‘shko‘pir, Xiva tumanlarida 200 ming AQSh dollar ekvivaletida 8 ta qurt boqishga ixtisoslashgan qurt boqish maskanlari qurildi. Shuningdek, 125 ming AQSh dollar ekvivaletida Gurlan tumanida 362, Shovot tumanida 484,9, Qo‘shko‘pir tumanida 474,3 va Xiva tumanida 212,2g. Jami 1533,4 gektar ajratilgan tutzorlarda yangi tut plantatsiyalar barpo etilib, mavjudlari rekonstruktsiya qilindi. 2018 yil iyul oyidan jamiyatimizga Gurlan, Shovot, Qo‘shko‘pir, Xiva tumanlaridan qabul qilingan pilla xom ashyosidan ipak mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Xiva shahar va tumanimizda ishsiz fuqarolar uchun yangidan 130 ta ishchi o‘rinlari yaratilib, asosan xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2018 yildagi Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3472 qaroriga asosan, jamiyatimiz 2018-2021yillarda pilla tayyorlashni kengaytirish va chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chikarish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan Xitoy, Pokiston, Xindiston, Eron davlatlariga eksport qilinmoqdi. 2018 yil III–IV-chorak mobaynida 730.000 (etti yuz o‘ttiz ming) AQSh dollari ipak maxsulotlari va ipak momig‘i eksport qilindi. 2019 yilda 2.256.000(ikki milliard ikki yuz ellik olti ming)AKSh dollarlik eksport rejasi bajarildi.2020 yilda 2.500.000(Ikki milliard besh yuz ming) AKSh dollarlik eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Ipakdan qo‘lda gilam to‘qish faoliyati amalga oshirilib, 20 ta gilam to‘qish dastgoxlari o‘rnatilib, 30 ta gilam to‘quvchi ayollar ishga jalb qilindi. 2020 yil oxirigacha 50 ta dastgox ishga tushirilib,ishga muxtoj ayollar ish bilan ta’minlanadi. 2020 yil Investitsiya loyixasi dasturi bo‘yicha ipak mahsulotini kalavalash,ipakdan mato tayyorlash dastgohlarini olib keltirilib, ishga tushirish ko‘zda tutilmokda.