“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Jizzax "Silk Expert Processing" MChJ

“Silk Expert Processing” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2018 yil Jizzax shaxri Sayiljoyi mahallasida 2018 yil 27 iyulda ishga tushirilib pillachilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z ish faoliyatini boshlagan. Tasischi xorijiy davlat «ABN-MB» qo‘shma korxonasi tomonidan, Jizzax viloyatida pillachilikni rivojlantirish, pillani qayta ishlab tayyor maxsulot ishlab chiqarib, chet davlatlarga eksportni amalga oshirish maqsadida tashkil topgan. Korxonamiz Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.03.2017 yilgi PQ 2856-sonli qaroriga asosan tashkil etilib «Uzbekipaksanoati» uyushmasiga a’zo bo'lgan. Bu loyiha bo'yicha chet el investori tomonidan davlatimizga invetitsiya olib kirilib, Jizzax shaxrida 120 ta ishchi o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Hozirda investor tomonidan investitsiya olib kirilib, Jizzax shahrining Sayiljoyi mahallasi Narimonov ko‘chasida eski qozonxona o‘rnida pillani qayta ishlash fabrikasi tashkil etildi.

Korxonamizda 120 ta ishchi o‘rni yaratilib, bugungi kunda 120 ta ishchi ishga qabul qilingan. 2019 yilda korxonamiz 21 tonnadan ziyod tola mahsulotini Xitoy, Vetnam, Eron davlatlariga eksport qilib belgilangan rejani ortig‘i bilan bajardi. 2020 yilda ham korxonamiz belgilangan rejani bajarish maqsadida ishlab chiqarishni kuchaytirish ishlari olib borilmoqda. Korxonaga 2020-yilda 4139 quti ipak qurti urug‘i yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni bajarish uchun 2020-yil bahorgi qurt boqish mavsumida Xitoy davlatidan super elita urug‘lari olib kelib korxonaga biriktirib berilgan. Shundan, joriy yil 3-4-mavsumlarda 200 quti ipak qurti urug‘i boqildi. Bu borada ishlarimiz davom etmoqda.