“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

«Xorazm ipagi» MChJ

«Xorazm ipagi» ma’suliyati cheklangan jamiyati (pillani qayta ishlash korxonasi) 2006-yil 9-sentyabrda Xorazm viloyati Urganch shahrida pillani qayta ishlash bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlagan.

Hozirgi kunda korxonada 240 ta xodim ishlab kelmoqda. Korxonaga viloyatdagi 3 ta tuman biriktirilgan (Xonqa, Bog‘ot, Xazorasp) . 2020 yil mavsum 1-2 qurt boqishda 580 tonna ho‘l pilla yetishtirishga erishildi. Jamiyatning 2020-2021 yil yillar uchun investitsiya loyihasi 1.3 million AQSh dollari bo‘lib buni shakllantirish manbai 0.650 mln dollar o‘z hisobidan va 0.650 mln AQSh dollari bank krediti hisobidan shakllantirish rejalashtirilgan. Yangi ish o‘rni yaratish uchun korxonaga 50 ta gilam to‘qish uskunasi olib kelindi va shundan 21 tasi ishga tushirilib gilam to‘qilmoqda qolgan 29 tasi xam ishga tushirishga tayyor holatda turibdi.